Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 08.05.2018 y. PQ-3702-sonli Qarori va “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 08.10.2019 y. PF-5847-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ”Gidrotexnika qurilishi” fakultetida sohaga oid ish beruvchi tashkilot va korxonalardan yetakchi mutaxassislarni hamda soha vakillarini jalb qilgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi asosiy va tanlov fanlari hamda o‘quv dasturlarini muhokama qilish va takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Xususan “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasidagi   5450600 - “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari” va 5450400 - “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 5A450402 - “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalaridagi asosiy va tanlov fanlari hamda ularning o‘quv dasturlari muhokamasida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi “Nasos stansiyalari va energetika” boshqarmasi, “Chirchiq-Ohangaron ITHB qoshidagi “Nasos stansiyalari va energetika” boshqarmasi, “O‘zbekgidroenergo” AJ,  “TO’PALANG HPD HOLDING”, “Gidromaxsusqurilish” AJ va “Chirchiq GESlari kaskadi” UK malakali mutaxassislari ishtirok etishdi. Muhokama davomida ilm-fan taraqqiyoti va ishlab chiqarishning bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda yangi fanlarni o‘quv rejasiga kiritish bo‘yicha takliflar berildi.
 

TIQXMMI matbuot xizmati