"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti murabbiylar kengashi raisi hisoboti

2020 yilning 17 iyun kuni institutda 2019-2020 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlar yuzasidan "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti murabbiylari kengashi raisi A.Borotovning hisoboti eshitildi. Mazkur hisobot yig‘ilishida fakultet dekani boshchiligida barcha murabbiylar hamda fakultetda ta’lim-tarbiyaga mas’ul kishilar ishtirok etishdi. Hisobot yig‘ilishi ZOOM platformasi orqali masofadan turib amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriev ham institut Bosh murabbiyi Z.Ismoilovalar ham ishtirok etdi.

Kun tartibidagi muhokama etilgan masala yakunlangan o‘quv yilida "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakultetida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlarning amalga oshirilganligi holati hamda mazkur yo‘nalishda qilingan ishlar sarhisobi bo‘ldi. Hisobotda fakultet bosh murabbiyi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, guruh murabbiylarining yil davomidagi faoliyati, pandemiya sharoitida murabbiylarining talabalar bilan masofadan turib ishlashida erishilgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Hisobot eshitilgandan so‘ng jarayon savol-javob tarzida davom etib, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriev, institut Bosh murabbiyi Z.Ismoilova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Berdimurodov tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Hisobot yakunida guruh murabbiylarining taklif va mulohazalari eshitildi.

TIQXMMI matbuot xizmati