Buyuk shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy e’tirof etganlaridek, “kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda, g‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda.” Bunday mazmundagi hikmatlar xalq xazinasidan ham o‘rin olgan. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Institut rektorining 2021-yil 10-maydagi “Institutga biriktirilagan mahallalarda manzilli ishlarni olib borish to‘g‘risida”gi 228 A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetiga biriktirilgan “Oqibat” mahallasi yoshlari hamda faollari bilan yuqoridagi mavzuda davra suhbati tashkil etildi.
“Oqibat” maxallasi raisi M. Yuldasheva, O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor B.Xudayarov, GIM fakulteti dekani B.Norov, iqtidorli shoir Bobomurod Odilov, institut dotsenti R. Jumaniyozovlar mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdilar. Mahalla yoshlariga motivatsiya berildi. Ular o‘zlarining kelajakdagi maqsadlari haqida ham so‘zlab, yo‘l-yo‘riq va maslahatlar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati