Joriy yilning 27 fevral kuni TIQXMMI Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari Qarshi shahridagi 1-sonli musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida maktab direktori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Faxriddin Umarov mehmonlarga o‘zi boshchilik qilib, maktabdagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi hamda yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilish biz uchun yuksak sharaf deydi maktab direktori F.Umarov.Tashrif so‘nggida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun maktab jamoasi tomonidan tayyorlangan musiqali tadbir namoyish etildi.
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari