Mutaxassislar va yoshlar uchrashuvi

2020 yil 20 fevral kuni TIQXMMI ma’ruzalar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” kirish so‘zi bilan ochib berib, tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. O‘zbekiston iqtisodiyotida statistika sohasi uning o‘rni va ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Davlat statistika qo‘mitasi Raisining ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari Ziyodullaev Maxmudjon Jo‘raqulovich, tizim oldida turgan vazifalar, amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro tajriba, iqtisodiyotda statistika sohasining tutgan o‘rni va ahamiyati xususida atroflicha fikrlarini aytib o‘tdi.

Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoni, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi mazmuniga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilindi. Yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar olindi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.

 

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov