2020 yil 25 fevral kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari institutda olgan nazariy bilimlarini mustaxkamlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muxofazasi institutiga amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida bordilar. FMI tomonidan biriktirilgan xodim gurux talabalarini 3 ta kichik guruxga bo‘lib xar bir gurux uchun aloxida mashg‘ulotlar o‘tildi. Quyidagi rasmda xar bir kichik guruxning jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlaridan lavxalar keltirilgan.
Kichik guruxlar navbatma navbat institutda tashkil etilgan muzeyda bo‘ldilar va u yerdagi mavjud bo‘lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Eekspozitsiya markazida talabalar binolarning zilzilabardoshligi xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va evakuatsiya xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.So‘ng gurux talabalari simulyatsiya markazida yig‘ildilar va 8-9 ballik zilzila sodir bo‘lsa qanday xarakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirdilar. Fuqaro muxofazasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar talabalarga qiziqarli va esda qolardi bo‘ldi.
TIQXMMI matbuot xizmati