Ishlab chiqarishning ta’limdagi ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish masalalaridan kelib chiqqan holda davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” to‘g‘risida 08 oktyabr 2019-yilda PF-5748-sonli farmoni qabul qilingan edi.

Farmonning a) bandida ta’limni ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish  alohida keltirib o‘tilgan. Aynan Prezident farmoni va institut rektori tomonidan chiqarilgan buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidromelioratsiya” fakulteti birinchi bosqich “Gidrologiya” daryo va suv omborlarida ta’lim yo‘nalishi 109 va 110 - guruh talabalari guruh murabbiyi Q.Sh. Eshquvatov hamrohligida Shayxontoxur gidroelektrostansiyasi (GES) ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida bosh muhandis tomonidan GESning qurilish tarixi va ishlash jarayoni, GESning to‘la ish quvvati  va agregatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Talabalarning ko‘pchiligi mutaxassislikka yaqin bo‘lgan gidrotexnik inshootlar bilan ko‘proq tanishish va imkon darajasida bo‘sh vaqtlarini aynan shu kabi gidrotexnik inshootlarida o‘tkazish, institut tomonidan ruxsat berilsa 05 stavka ishlash istagini bildirishdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati