Institut haqida yoshlar o’rtasida ma’lumotni ommaviylashtirish maqsadida abituryent yoshlarga va bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun institutda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida ochiq eshiklar kuni tashkil etilmoqda. Shunday uchrashuvlardan yana biri Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 26-maktabning 11-sinf o’quvchilari uchun tashkil etildi.
Maktab o’quvchilariga “TJICHAB” kafedrasi assistenti Ozodov E.O. tomonidan institutda yaratilgan sharoitlar, talabalar uchun mavjud bo’lgan imkoniyatlar va ta’lim jarayoni haqida ma’lumot berildi. O’quvchilar institutimiz pilot kafedrasi “A&B engineering” ilmiy labaratoriyasi va Festo o’quv labaratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari qisqacha davra suxbatida OTM hujjat topshirish, kirish imtixonlari va talabalikning nega oltin davr ekanligi haqida do’stona suxbat olib borildi.
TIQXMMI matbuot xizmati