She’riyat - ko‘ngil malhami

2021-yil 19-fevral kuni Institut majlislar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tashabbusi bilan fakultet talaba yoshlari uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, sevimli shoira Zulfiya Muminova ishtirokida “Uchinchi Renesans-Buyuk Uyg‘onish ostonasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirni fakultet dekani R. Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, talaba yoshlarga hamda ishtirokchilarga mehmonni tanishtirib o‘tib, adabiyot va she’riyatning inson qalbi va ichki dunyosiga ozuqa ekanligi xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi. Tadbirda shoira Zulfiya Mo‘minova tomonidan Insoniyat sivilizatsiyasiga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk allomalarimiz ilmiy - ma’naviy merosi va ahamiyati xususida, shuningdek, buyuk shoirlarimizning Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning ijodi va she’riyatining inson hayoti va faoliyati va inson kamolotida tutgan o‘rni xususida ma’ruza qildi. Tadbir davomida shoira tomonidan o‘zining she’rlari va ijod mahsullaridan she’rlar o‘qib berib yig‘ilganlarni bahramand etdilar. Davra suhbati juda qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

 TIQXMMI matbuot xizmati