TOK-SHOUDAGI ISHTIROK

22-mart Butunjahon suv kuniga bag‘ishlab institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori T.Z.Sultanov boshchiligida bir guruh talaba-yoshlar va professor o‘qituvchilar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Dunyo bo‘ylab" telekanali orqali efirga uzatiladigan "Shaxsiy yondashuv" nomli tok-shouda ishtirok etishdi. 

Tok-shouda qizg'in savol-javoblar, global muammolar ustida munozarali vaziyatlar, ekspertlar va talabalar o‘rtasida fikrlar almashinuvi, tahlillar hamda bugungi kunda suv muammolarini bartaraf etish yuzasidan takliflar berib o‘tildi. Dastur 21 mart kuni efirga uzatiladi. Avvalroq ya‘ni, 12-14 mart kunlari bo‘lib o‘tgan suv kuniga bag‘ishlangan tanlov haqida bugun soat 19:10 da "Dunyo bo‘ylab" kanali orqali efirga uzaildi.

   Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov​