“Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 306-guruh talabalari kafedra dotsenti Abduqodirova Malohat boshchiligida «O’zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar suv ta’minoti MCHJ da “Ichimlik suv ta’minoit” fanidan o‘z amaliy mashg‘ulotlarini o‘tqazdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi 5847-sonli farmoniga binoan 5+1 tizimini oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish va ishlab chiqarish bilan ta’lim jarayonini integratsiyasini yaxshilash maqsadida ushbu jamiyatda kafedra filiali tashkil etilgan bo‘lib, amaliy dars mashg‘ulotlari doimiy olib borilmoqda.
Har safargi amaliy mashg‘ulot davomida institutimiz professor-o‘qituvchilaridan tashqari aksiyadorlik jamiyati tomonidan biriktirilgan tajribali xodim hamrohlik qiladi va talabalarga o‘z bilim, ko‘nikma va malakasini etkazib berishga harakat qiladi.
TIQXMMI matbuot xizmati