Joriy yilning 17-iyun sanasida ITI va IPKTB boshlig‘i Sh.Imomov va bo‘lim xodimi N. Ismailova institutimizda ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirib, tayanch doktorant va doktorantlar bilan uchrashuv tashkil etishdi. Uchrashuvda Sh.Imomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Ilmiy ishlanma yaratgan falsafa doktori yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja egasiga fan doktori va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etgan izlanuvchiga falsafa doktori, ilmiy darajalarini berish tartibi” loyihasi bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirdi. Bugun kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilm ahliga berayotgan bunday keng imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini ta’kidladi. Uchrashuv so‘ngida tayanch doktorant va doktorantlardan 6 oy davomida qilingan ilmiy –tadqiqot ishlarining natijalari qay xolatda ekanligining monitoringi o‘tkazildi.
ITI va IPKT bo‘limi xodimi S.Melikuziev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov