Qaror ijrosi

“Gidromelioratsiya” fakulteti 3 bosqich talabalari bilan Fan , taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasiga bagʻishlangan navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Tadbir bevosita Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 8 maydagi 3702-sonli “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2018 yil 27 dekabrdagi PK-4087-sonli “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid” qarorining ijrosiga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda “Amu-Qashkadar” ITXB boshligʻi Botir Raximov, “Amu-Surxon” ITXB boshligi Toʻlqil Alimov, “Zarafshon” ITXB boshligʻi Baxodir Isanturdiyev, “Sirdaryo -Soʻx” ITXB boshligi Allamjon Fozilovlar joylardagi kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va ularga bugungi kunda qoʻyilayotgan talablar doirasida suhbat oʻtkazildi. Shuningdek, 2018-2019 oʻquv yili oʻquv jarayoni grafigi asosida tashkil etiladigan ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov