Amaliyotning ta’limdagi ahamiyati

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining 2020-2021yilda o’quv jarayoni grafigiga asosan 5311001 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo’nalishi I-bosqich talabalari uchun o‘quv-tanishuv amaliyotlari tashkil etildi.

O’quv amaliyoti “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” korxonasi va uning tumanlardagi filiallarining ish jarayonlari, xodimlarga yaratilgan imkoniyat hamda kelgusida ushbu korxonalarda ishga kirmoqchi bo’lgan nomzodlarga qo’yiladigan talablar bilan tanishdilar va o’zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. 

Bunaday amaliy uchrashuvlar ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy jihatdan chuqurroq o‘rganish talabalarning yetuk, raqobat bardosh va malakali kadr bo‘lib yetishishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
 

TIQXMMI Qarshi filiali
Umumtexnik fanlar" kafedrasi assistenti Ochilov Dilshod  axboroti.
TIQXMMI axborot xizmati