“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 1-kurs talabalariga geodeziya fanidan o’quv amaliyotini sifatli o’tkazish va talabalarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida Respublika aerogeodeziya markazi bilan hamkorlikda maxorat darsi “Master class” o’tkazildi. “Master class”da uchuvchisiz uchish apparatlari, elektron taxeometrlar va GNNS sun’iy yo’ldosh qabul qilgich priyomniklari talabalarga tanishtirib o’tildi. Talabalarning o’qishi davomida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash bo’yicha tushuncha va tasavvurga ega bo’ldilar.
Shu o’rinda Respublika aerogeodeziya markazi Geodeziya topografiya bo’lim boshlig’i Kenjaboyev Mirodilga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o’qituvchilari S.Abduraxmonov va A. Jurayev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati