Xabaringiz bor, institut rahbariyati tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talabalarning shart-sharoitlari, muammolari va boshqa masalalarni aniqlash, o'rganish maqsadida fakultetlar kesimida reja ishlab chiqilgan. Haftaning dushanba kuni “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekanati, fakultet professor-o'qituvchilari tashrif buyuradigan kun hisoblanadi. 20-sentabr haftaning dushanba kuni “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Hakimov boshchiligida kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar, guruh murabbiylari institut 3-Talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida fakultet dekani va talabalar individual suhbati tashkil etildi. Talabalarning yashash sharoitlari o'rganildi, muammolari ko'rib chiqildi. Xonalarga tashrif buyurib, xonaning tozaligi, sharoitlar ko'zdan kechirildi. Birinchi bosqich talabalarining institut ijtimoiy hayotiga moslashgani holati tarbiyachi-pedagog A.Hayitova hamrohligida tahlil qilindi. Talabalar fakultet dekaniga o'z takliflarini bildirishdi. Kafedra mudirlari talabalar bilan suhbat olib borib, bo'sh vaqtlardan mazmunli foydalanish bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tishdi. Shu kabi ishlar fakultetning doimiy e'tibor markazida bo'ladi hamda keyingi haftalarda ham bu kabi tashriflar davom etadi.
SXTEB fakulteti axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati