Kutubxona bilim olish maskani 

   Institut rektorining 2020-yil 17-noyabrdagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1-kurs talabalarining 2020-yilning 21-noyabr shanba kunida boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishi yuzasidan” tashriflar grafigiga asosan Gidromelioratsiya fakulteti, “Suv xoʼjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʼnalishi 101-guruh talabalari va guruh murabbiyi prof.Matyakubov B.Sh. rahbarligida Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif qilishdi. Talabalarga kutubxonadan 3 yil davomida foydalanish boʼyicha aʼzolik guvohnomalari (ID karta raqami AAA 201100655) taqdim qilishdi.

Talabalarga Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbeksiton Milliy Kutubxonasi bilan toʼliqroq tanishish maqsadida ekskursiya oʼtkazildi. Ekskursiyani talabalarga maʼlumotlar boʼlimi xodimi hamda kutubxona direktori Umida Teshaboeva boshchiligida kutubxonaning “Kitobxonlarni roʼyxatga olish”, “Tafakkur” katta oʼquv zali, “Kashfiyot” ilmiy oʼquv zali, “Istiqlol” yoshlar va talabalar oʼquv zali, “Nodir” qoʼlyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar oʼquv zali, “Jahon” xorijiy oʼquv zali, ilmiy texnikaviy adabiyotlar oʼquv zali, “Oʼzbeksiton” milliy adabiyotlar va davlat tarixi zali, maʼlumot-axborot oʼquv zali, katalog va kartotekalar, vertual maʼlumotlar xizmati hamda maxsus oʼquv zallari: “Аdolat” huquqiy axborot oʼquv zali, “Ijod” nota-musiqa nashrlar zali, “Ilm” dissertatsiyalar oʼquv zali, “Media markaz” media va internet markazi, elektron kutubxona va imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar oʼquv zali bilan yaqindan tanishtirishdi.Tashrif jarayonida talabalar kutubxona xodimlariga oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi hamda berilgan savollarga aniq javoblar olishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati