Nekboev Xurshid Xoliyorovichning dissertatsiyasining majlisi

2020 yil 22 may kuni soat 13.00 da TIQXMMI “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasida “Pedagogika innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengash 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor tadqiqotchi Nekboev Xurshid Xoliyorovichning “Mediata’lim asosida bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy-tanqidiy yondashuvini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasining yetakchi tashkilot sifatidagi kengaytirilgan majlisi o‘tkazildi. Majlis savol-javoblar va baxslashuv tarzda tashkil etildi. Barcha kafedra a’zolari ZOOM platformasi orqali tashrif buyurdilar va talab darajsida samarali natija bilan yakunlandi. Kafedra tomonidan dissertatsiya ishlarini ko‘rib chiqish uchun quyidagi taqrizchilar belgilandi

1. TIQXMMI professori v.b., p.f.d. D.O.Ximmataliev

2. TVCHDPI instituti dotsenti, M.Raxmonova.