2021- yilning 21- sentyabr kuni Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi hamda institut jamoat tashkilotlarining "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 1-kurs talabalari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvga institut Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Z.Haydarov, institut talaba sport klubi raisi oʼrinbosari M.Norqobilov, institut kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi oʼrinbosari M.Yaxyoyev va madaniyat saroyi derektori J.Komiljonovlar ishtirok etishdi.
Tadbirni institut Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Z.Haydarov, kirish soʼzi bilan ochib bugungi kunda hukumatimiz tomonidan yoshlar taʼlimiga berilayotgan eʼtibor, ularning har taraflama bilim egallashi uchun imkoniyatlar haqida toʼxtalar ekan, bugungi kunda institutimizda talabalarimizga barcha qulayliklar yaratilganligi, ularni talabalar turar joylari bilan ta'minlash, shu bilan birga institutda faoliyat yuritayotgan ilmiy, ijodiy, sanʼat va sport toʼgaraklari faoliyati bilan tanishtirdi. Bundan tashqari talabalar oʼqish jarayonida mukammal bilim olishlari uchun zamonaviy texnologiyalar taʼminlanganligi boʼyicha maʼlumotlar berildi. Har bir institut jamoat tashkilotlari soʼzga chiqib, oʼz faoliyatlari va talabalar uchun ularni boʼsh vaqtlarini mazmunli, unumli oʼtkazish uchun turli toʼgaraklar boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtishdi. Аlbatta, ushbu uchrashuv barcha talabalarga manzur boʼldi. Ular oʼz qiziqishlaridan kelib chiqib, savollar bilan murojaat qilishdi. Tadbir yakunida talabalar oʼzlariga kerakli javoblarni olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati