2019-yil 16-mart sanasi institutimiz talabalari uchun yana bir ajoyib kun sifatida muhrlandi. Sababi institut "Madaniyat saroyi"da bir necha yillardan beri o'tkazilib, o'z safiga minglab yoshlarni chorlagan "QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanlovga institutimizning barcha fakultetlaridan vakil jamoalar o'zlarining yangicha g'oya, o'zgacha uslub va bir-biridan qiziqarli sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdi. Tanlovni tomosha qilish uchun institutimiz professor o'qituvchilari hamda talabari, shuningdek, poytaxtimizning boshqa oliy ta'lim dargohlari talabalari ham tashrif buyurishdi.
Bu tanlovning o'tkazilishidan maqsad qaysi fakultet jamoasi oldinda ekanligini aniqlash emas, aksincha institutimiz yengilmas "TARG'IBOT" jamoasiga yangi a'zolarni to'plashdan iborat edi. Inson ajib bir xilqat, har bir insonning alohida iste’dodi, qiziqishi va intilishi bo'ladi. Agar sizda ham shunday qobiliyatlardan bor bo'lsa, biz sizni "SAFIMIZGA CHORLAYMIZ!!!"
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov