2019 yil 21-oktyabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan TIQXMMI Qarshi filialida “Til millat ko‘zgusi” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Asosiy g‘oyani keng ko‘lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun sahna bayramona bezatildi. Tadbirni TIQXMMI Qarshi filiali rahbari kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda akademik guruh talabalari jamoasi tomonidan til bayramiga bag‘ishlab tayyorlangan sahna ko‘rinishlarining tanlovi o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalar mukofotlandi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov