Sobiq hamkasabaga sodiqlik

Moziyga nazar tashlarkansiz, turli makonlarda va turli zamonlarda muayyan ijtimoiy tuzilmaga eʼtibor yuqori darajada boʻlgan. Hatto, Firʼavn hukmdorlaridan biri Ramzes - 2 oʻsha maskanni “Ruhiy darmon” deya eʼtirof etgan. Bu ijtimoiy tuzilma KUTUBXONAdir. Bilimlar manbai va mayogʻi boʻlgan kitoblar xazinasiga taraqqiyparvar va maʼrifatli hukmdorlar alohida eʼtibor bilan qarashgan. Institutimiz kutubxonasi ham oʻzining muayyan moʻjaz tarixiga ega. Uning shakllanishida ushbu insonlarning maʼlum darajada xizmatlaridan koʻz yumib boʻlmaydi. R. D. Klimkina, B. U. Tashkuziyeva, F. X. Yangayeva, M. N. Xodjayeva, V. M. Sadovnikova, V. I. Makova singari koʻplab oʻz kasbining ajoyib ustalari, yaʼni institutimiz kutubxonasining yaratilishi va uning kelajagi asosi uchun tamal toshini qoʻygan murabbiylar bilan yonma-yon ishlash bizga faxr baxsh etgan.

Hozirgacha sobiq xodimalar, hamkasblar bilan muntazam ravishda aloqadalar. Maslahatlashib fikr almashish odatiy holatga aylangan. Ularni yubiley sanalarida tabriklab turish, institutda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarida ishtiroklarini taʼminlash ham ana shu xayrli ishlarning inʼikosidir. Oʻzaro ishonchga yoʻgʻrilgan muloqot davralarida, ularning yoʻl-yoʻriqlariga tayaniladi. Ularning ish tajribalarini boʻlishadilar.

2019 yil 19 yanvarda ARM xodimlari TIQXMMIning xizmat koʻrsatgan kutubxonachisi Raisa Dmitriyevna Klimkinaning 80 yoshga toʻlganligi munosabati bilan chin qalbdan tabrikladilar. ARM xodimlari yetakchi kutubxonachi, boʻlim mudiri va boshqa vazifada boʻlsin, ularning oʻquvchilari, shogirdlari boʻlishgan, ularning oʻgitlariga amal qilib hamon faxrlanishadi. Qutlugʻ ayyom bilan tabriklash maqsadida murabbiy xonadoniga tashrif buyurishdi, ularga sovgʻalar va gullarni taqdim etib, koʻngillarini shod etishdi. Dasturxon atrofida toʻplangan barcha mehmonlar iliqlik bilan kutubxonada hamjihatlikda oʻtgan davrlarni esladilar. Ilmiy - uslubiy va axborot - maʼlumot boʻlimi mudiri N. Yu. Milichenkova soʻz olib, kutubxona xodimlari nomidan murabbiy uchun atalgan bayramona tabrik soʻzini aytib, bagʻishlov sheʼrini oʻqib eshittirdi. Unga uzoq-umr, sihat-salomatlik, quvonch va dunyodagi barcha ezgu niyatlarni tiladi. Raisa Dmitriyevna dasturxon atrofiga yigʻilgan kutubxona xodimlariga chin yurakdan minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham shunday doʻstona munosabat va uchrashuvlar saqlanib qolishiga umidvorligini bildirdi.

Axborot-resurs markazi direktori v.b. M. Axmedova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov