Tayyorlanayotgan kadrlar sifati bo‘yicha xamkorlik

2021-yil 23-aprel kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3702-sonli qarori, 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-6097-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda sohaga oid ish beruvchi tashkilot va korxonalardan yetakchi mutaxassislarni hamda soha vakillarini jalb qilgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini o‘quv rejalaridagi fanlar va o‘quv dasturlarini muhokama qilish va takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

 

Seminarda “O‘zAgroservis” AJ, “O‘zstandart” agentligi, BMKB “Agromash”, Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodi, “O‘zKeysservis” qo‘shma korxonasi, Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Agroservis inspeksiyasi va boshqa kadrlar istemolchilari bo‘lgan tashkilotlardan mutaxassislar tashrif buyurishib, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida 5430100-“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, 5430300-“Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis”, 5430400-“Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 5A430101-“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi fanlar va ularning o‘quv dasturlari muhokama qilindi va ishtirokchilar o‘zlarining fikr va takliflarini bildirishdilar.

TIQXMMI matbuot xizmtai