YERB fakulteti «Oliy matematika» kafedrasida tashkil etilgan olimpiada natijalari

«Oliy matematika» kafedrasida 20.04.2021 kuni soat 14:00 da institutning G-bino, 2-ma`ruzalar zalida “Oliy matematika” fanidan olimpiadaning 1-bosqichi o’tkazildi. Ushbu olimpiadada institutimizning barcha fakultetlaridan saralab olingan 43-nafar iqtidorli talabalar qatnashishdi. Talabalarning to’plagan ballari e`lon qilindi va respublika bosqichiga quyidagi talabalar: 1-o’rin: SXTEB fakulteti 106-guruh talabasi Bozorboyev jahongir, GM fakulteti 101-guruh talabasi Tojimurodov Fahriddin, 2-o’rin: QXM fakulteti 111-guruh talabasi Toshtemirov Otamurod, QXM fakulteti 302-guruh talabasi Norqulov Dostonlar  yo’llanmani qo’lga kiritishdi. «Oliy matematika»  kafedrasida tashkil etilgan 1-bosqich olimpiadadan fotolavhalar:

«Oliy matematika» kafedrasi mudiri F.J.To’rayev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati