BMT tashabbusi bilan 22 may “Xalqaro biologik xilma-xillikni asrash kuni” deb e’lon qilingan. Ushbu ekologik sana butun dunyo hamjamiyati singari mamlakatimizda ham keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan 2019 yil 22 may kuni, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida shu kunga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston Oliy Majlis qonunchilik palatasi, Ekologiya partiyasi va Respublika Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tashkil qilindi.
Seminar institut prorektori Toxir Sultonov tomonidan ochib berildi. Seminarda Oliy majlis qonnchilik palatasi deputati Qurbonov Abduraxim Eshonqulovich bioxilmaxillikka doir dolzarb massalalar to‘g‘risida gapirdi. So‘ng “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi prof. Karimov B.K. Bioxilmaxillik va ekotizim xizmatlari global holati haqida chiqish qildi. Asosiy chiqishlar orasida Ekologiya partiyasining qo‘mita a’zosi Azizov Sh.V. va Toshkent qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sharipova Diyora Ekologiya partiyasi vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Seminar yakunida ariza bergan talabalarni Ekologik partiya safiga qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunda 100 yaqin institut talabasi partiyaning a’zolik biletini oldi. Bugungi kunda 300dan ortiq institut talabalari va o‘qituvchilari partiya a’zoligiga ariza topshirishgan.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov