Mahallalar bilan hamkorlik. Yoshlar bandligi va ijtimoiy faollik masalalari

Bugun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Asaka” mahallasida “Yoshlarning bandligi va ijtimoiy faollik masalalari” mavzusida mahalla faollari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari, jumladan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultonov, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbayev, “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri A.Altiyev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Hafizovalar ishtirok etishdi. Tadbirda professor Abdrashid Altiyev ma’ruza qildi. Davlatimiz tomonidan fuqarolar manfaatidan kelib chiqib, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xoh u davlat tashkiloti bo‘lsin, xoh u xususiy tadbirkorlik sub’ekti yoki oilaviy biznes bo‘lsin, mehnat qilishiga teng sharoit muhayyo etilgan.

Mahallalarda bandlik masalasini hal etish uchun, eng avvalo, aholining asosiy qismini tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, ularni moliyaviy qo‘llab - quvvatlash hamda yoshlarni kasbga o‘rgatish zarur. Qolaversa, yoshlarning bilim darajasini oshirish, ularni bilim olishga va kasbga yo‘naltirish, bozor munosabatlariga xos “munosib ish sharoitlarni barpo etib”, ularni “ishga chorlash”, “ishga jalb etish” iqtisodiy mexanizmining joriy qilinishi maqsadga muvofiqdir. Bu aholini, ayniqsa, yosh mutaxassislar bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish uchun katta imkoniyatdir. Davra suhbatida mavzu doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda bugungi kunning dolzarb muammolari haqida suhbat o‘tkazildi. Tadbir juda qiziqarli va maroqli savol - javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
 

YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati