Talabalarning amaliyotdagi faoliyati

Institutimiz rektorining 2021-yil 29-maydagi 553/t buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 5430500 «Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti» ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 201, 202 va 203(r)-guruh talabalari «Elektr uskunalar montaj texnologiyasi» amaliyotini 2020-2021 o‘quv yilining o‘quv jarayoni jadvaliga asosan 2021 - yil 7-iyundan 31-iyulgacha institut va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amaliyot ob’ektlariga yuborildi.

Ushbu talabalarga “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi mudiri A.Berdishev, kafedra dotsenti O’. Xaliqnazarov va assistent Sh.Yusupovlar amaliyot rahbari etib belgilangan. Talabalar «Elektr uskunalar montaj texnologiyasi» bo‘yicha Qishloq va suv xo‘jaligi ob’ektlari va elektr tarmoqlari korxonalarida amaliyotlarini o‘tashmoqda. Bu amaliyot talabalarimizning nazariy olgan bilimlarini ishlab chiqarish bilan bog‘lash va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

ETvaEJF kafedrasi dotsenti O’. Xaliqnazarov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati