Yangi saylovlar o‘zgarayotgan O‘zbekistonga yarashadi

Institutimiz professor-o‘qituvchi xodimlari 2019 yil 22 dekabrda “Yangi saylov, yangi O‘zbekiston” shiori ostida o‘tkazilgan siyosiy jarayon 730-saylov uchastkasi a’zolari tomonidan saylovchilarni yuqori ko‘tarinki ruhda, puxta tayyorgarlik ko‘rilgan holda amalga oshirildi. Saylov-2019 xalqimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lganligini barcha saylovchilar, Demokratik partiyalardagi kuzatuvchi va nomzodlarning ishonchli vakillari tomonidan ta’kidlanib, bir-birini qo‘llagan holda Saylov kodeksida belgilangan demokratik tamoyillar asosida o‘tkazildi.

730-caylov uchastkasiga tashrif buyurgan bir qator xalqaro kuzatuvchilar, jumladan Mongoliyaning Markaziy saylov komissiyasidan Batmuish Moymunx, Byambas Oyuumas va Tavmesli Elina xonimlar; Rossiyaning Sanktpeterburg shahridan Kobiskiy Dmitriy Arkalevich, Dolgaya Mariya Andreevna va Pashnov Pavel Leonidovich; xamda Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan Sun Chjuanchjn janoblari saylov jarayoni bilan tanishishdi, saylovchilarning Saylov-2019 ga bo‘lgan munosabatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishdi hamda barcha tashkiliy ishlar yuqori darajada tashkil qilinganligi ta’kidlab o‘tdi. Saylov-2019 jarayonini yuqori darajada o‘tkazganliklari uchun professor-o‘qituvchilar Toshkent shahar 50 - Minor okrugi komissiyasi raisining institut rektoriga Tashakkurnoma yo‘lladi va 730 saylov komissiyasi a’zolarini sertifikat bilan taqdirladi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov