2020-yil 23-26 sentyabr kunlari oʼtkazilgan Vetnam davlatining Xanoy shahrida TIQXMMI, Milliy tadqiqotlar Moskva Davlat Universiteti, Vetnam Davlat texnika universiteti hamkorligida 23-sonli FORM-2020 Xalqaro ilmiy onlayn shaklda tashkil etilgan konferentsiyada “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining 4-kurs talabalari “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti M.Saidova rahbarligida oʼzlarining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etishdi.
Tashkiliy qoʼmitaning qarori natijalariga koʼra, fakultetimizning 4-kurs talabalari Toʼraev Boburshoh Shuxratjon oʼgʼli 1-oʼrinni, Uktamov Kamoliddin Аkmal oʼgʼli 3-oʼrinni qoʼlga kiritishdi. Talabalarimizning ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, qoʼlga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz.
TIQXMMI matbuot xizmati