Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyiga sayohat

Tarix soʻzlaganda moziy muhri muzeyga koʻchishini his etish mumkin xolos. Koʻz bilan koʻrishning quloq bilan eshitishdan koʻra taʼsir kuchi katta. “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xoʻjaligi va melioratsiya” yoʻnalishi 2-bosqich 204 - guruh talabalari 23 noyabr kuni guruh murabbiysi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi staj.oʻqt. Mahbuba Hayitova rahbarligida Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Hayotimizning barcha sohalari kabi Respublikamizda muzeylar faoliyatida ham katta tarixiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. VazirlarMaxkamasining 1992 yil 21 aprel qaroriga muvofiq Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi qayta tashkil etildi.

Hozirgi kunda ushbu muzey eng yirik ilmiy –maʼrifiy markazlardan hisoblanib, uning jamgʻarmasida 250 minga yaqin eksponatlar mavjud. Muzey shuningdek, oʻzbek xalqi tarixining muhim bosqichlarini aks ettirgan noyob arxiv materiallari, qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar, fotomateriallar va h.k. ga ega.

Haykaltaroshlik, rassomchilik, kulolchilik, shisha sanʼatining betakror namunalari turli davrdagi estetik tasavvur tarixiga baho berish imkoniyatini yaratadi. Tashrif davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollargatoʻla va aniq javoblar olishdi.

“Irrigatsiya va melioratsiya”kafedrasi ass. M. Xayitova axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov