Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi

   Muhtaram Prezidentimiz raisligida shu yilning 30-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqib, TIQXMMI rektori tomonidan tasdiqlangan M.Ulug‘bek tumani xalq ta'limi bo‘limi bilan imzolangan memorandumdagi institut fakultetlari va kafedralarining umumta'lim maktablari bilan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha YO‘L XARITASI ishlab chiqilgan. Shu munosabat bilan"Oliy matematika" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tumandagi 18-maktab (rus maktab) tashrif buyurishdi va Matematika fanidan yuqori sinf o‘quvchilariga dars mashg‘ulotlarini olib borishni yo‘lga qo‘yishdi. Dars mashg‘ulotidan tashqari institutimiz va undagi sharoitlar haqida ham qisqacha ma‘lumot berib o‘tildi. Bu kabi dars mashg‘ulotlari 2020/2021 o‘quv yili so‘ngiga qadar davom etishi o‘quvchilarga ham yetkazildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati