Ezgulikka yo’g’rilgan, savobga daxldor yumushlar, xayrli ishlar davom etadigan bo’lsa dil yayraydi, qalb quvnaydi. Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yoshlar ittifoqi faollari Toshkent shahar Sog‘liqni Saqlash Bosh Boshqarmasiga qarashli "Muruvvat" nogiron bolalar uchun 2-son internat uyiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan oldin institutning bir guruh talabalari tashabbusi bilan aksiyadan yig‘ilgan 1000000 so‘m miqdoridagi bolalar to‘garak xonasi uchun kerak bo‘ladigan jihozlar va kerakli ish qurollari beminnat topshirildi. Bolajonlarning yaratgan ishlari bilan tanishdik. Siz ham tashrif buyuring, albatta. Aksiyalarda faol bo‘lishga boshqa tengdoshlarimizni ham chorlab qolamiz.
Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti ma‘lumoti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumfniyozov