Joriy yilning 23-aprel kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining “Yerdan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 274-maktabga tashrif buyurishdi. O‘qituvchilarimiz “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ning to‘rtinchi tashabbusi yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirish doirasida maktab hamda oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik tamoyilli asosida kitobxonlik davrasi tashkil etildi.
Shu sababli mana shunday hamkorlik asosida o‘tkazilgan tadbirlardan o‘quvchilarimiz nimadir o‘zlariga olsalar xulosalar chiqarsalar qaysidir ma’noda oz bo‘lsa ham biz maqsadimizga erishdik deb o‘ylaymiz. Ushbu hamkorlik har ikkala tomon uchun ham manfaatli va maroqli bo‘ldi. Tadbirdan olingan lavhalar.
“Yerdan foydalanish” kafedrasi o‘qituvchisi Yu.Usmanov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati