Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 5-apreldagi «Oliy taʼlim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini 2019-yilda tashkil etish va oʼtkazish toʼgʼrisida»gi № 314-sonli buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida, “Gidromelioratsiya” fakulteti “Fizika va kimyo” kafedrasida kafedra mudiri I.B. Sapaev boshchiligida 2021-yil 21-aprel kuni fizika va kimyo fanlari boʼyicha talabalarning 1-tur olimpiadasi oʼtkazildi. Olimpiadada barcha fakulʼtetlardan saralab olingan iqtidorli talabalar qatnashib toʼplagan ballari natijasiga koʼra Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Yaʼni: fizika fanidan TJIChАB 103-guruh talabasi Raxmatova Iroda 80 ball bilan, kimyo fanidan esa “QXMS va DIT 109-guruh talabasi Аnvarova Feruza 76 ball bilan 1- oʼrinni egallashdi. Bu iqtidorli talabalarimizga Respublika bosqichida ham oʼz bilimi va iqtidoriga ishongan holda nufuzli oʼrinlarni egallashlarida omad tilab qolamiz.
Katta oʼqituvchi Z.F. Beknazarova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati