O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470 –son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab amaliyotga joriy etilishi;
- Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 18 iyuldagi 515-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritilganligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish;
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbaev zimmasiga yuklangan.
Batafsil http://lex.uz/docs/4367782 saytida NIZOMdagi 1-bob. Umumiy qoidalar; 2-bob. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish; 3-bob. Ekspert komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi; 4-bob. Attestatsiya yakunlari; xamda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish SXEMASI bilan tanishishingiz mumkin.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov