Diniy va dunyoviy ma’rifat inson boshidagi ikki ko‘zning o‘rni kabidir. Bir ko‘z bilan ham ko‘rish, yashash mumkin, lekin ikki ko‘z bilan voqelikni aniq va ravshanroq ko‘rishga imkon bo‘ladi. Olamni his etishda, idrok qilishda ikkala ko‘z doimiy ravishda tafakkur va tilning imtiyozlariga yo‘l ochadi. O‘ylash va so‘ylashga zamin ham shundan. 2020 yil 25 avgust kuni soat 11:00 da “ZOOM” platformasi orqali “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “Talaba yoshlar orasida diniy ma’rifatning o‘rni va ahamiyati” mavzusida onlayn ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir mehmoni Toshkent shahar Yunusobod tumani Bosh Imom xatibi, Mirza Yusuf jome’ masjidi Imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy ishtirok etdilar. Tadbirni "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti dekani R.Xakimov moderatorlik qildi. Tadbirda ma’ruzachi tomonidan ishtirokchilarga to‘g‘rilik, ota-onaga hurmat, ustozlarning inson hayotidagi o‘rni, xalollik va harom, ota-ona va farzand munosabatlari, ilm olishning muhimligi, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, bugun dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarning mazmun-mohiyati xususida diniy nuqtai-nazardan munosabatlar bildirilib, tahlil qilindi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar asnosida o‘tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati