Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, joriy yilning 13 dekabr sanasidagi R-5413 Farmoyishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini sifatli taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, yoshlar bilan “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” - degan umumiy gʻoya ostida tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yunusobod tumani boʻlinmasi bilan hamkorlikda harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmasi professor-oʻqituvchilari taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, u yerdagi yoshlar bilan «Mardlik va jasorat» mavzusida davra suhbati olib bordilar.
Yunusobod dizayn kasb - hunar kollejida tashkil etilgan davra suhbatida harbiy kafedra zirxli texnikalaridan foydalanish va taʼmirlash sikli boshligʻi podpolkovnik T. Teshaboyev va sikl katta oʻqituvchisi rezervdagi mayor S.Raimov qatnashdilar. Yunusobod dizayn kasb - hunar kollej direktori N. Ikromov davra suhbatida qatnashuvchilarni yoshlarga tanishtirganidan keyin tadbir boshlandi. Davra suhbati davomida oʻquvchilarga harbiy vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar va taqdimot materiallari namoyish qilindi. Oʻquvchilar tomonidan tadbir tashkilotchilariga berilgan savollar suhbatning yanada qiziqarliroq tus olishini taʼminladi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti harbiy kafedrasi boshligʻi podpolkovnik R. Minlishev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov