Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti rektorining joriy yilining 24 – yanvaridagi 10/F farmoyishi talablarini sifatli taʼminlash maqsadida harbiy kafedra jamoasi umumxalq ekologik hasharida ishtirok etishdi. Hasharda asosiy eʼtibor harbiy kafedra hududini tozalash, sport maydonchalarini tartibga keltirishga, shuningdek, hududdagi ariqlar tozalanib, daraxtlarga shakl berishga qaratildi. Saf maydoni va uning atrofidagi devorlarning osti har xil chiqindilardan tozalanib, chiqindilar hudud tashqarisiga chiqarildi. Umumxalq ekologik hasharda harbiy kafedra professor-oʻqituvchilari, oʻquv jarayoniga koʻmaklashuvchi ishchi-xodimlar va talabalar faol ishtirok etishdi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti harbiy kafedrasi boshligʻi podpolkovnik R.Minlishev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov