Respublika Fan olimpiadasini oʻtkazish dolzarb va masʼuliyatli masalalaridan ekanligini va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasidagi vazifalarni bajarishda bu masalaga keng eʼtibor berilayotganligini inobatga olib, joriy yilning 25 mart kuni G bino 104 -xonada “Gidrologiya-gidrometriya” fani boʻyicha olimpiadaning 1-bosqichi boʻlib oʻtdi. Olimpiadada institutimizning “Gidromelioratsiya” fakultetidan 21 nafar talabalar ishtirok etishdi. Gidrologiya-gidrometriya fan olimpiadasidan 1-bosqich natijalariga asosan “Gidromelioratsiya” fakulteti Gidrologiya (suv omborlarida) yoʻnalishi 4-kurs 415 - guruh talabasi Turabov Navroʻzbek Abdumoʻmin oʻgʻli 330 ball natija bilan birinchi oʻrinni egalladi.
“Gidrologiya va gidrogelogiya” kafedrasi oʻqituvchisi S.R.Mansurov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov