Joriy yilning 26 - mart kuni TIQXMMI Qarshi filiali Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi 127-guruh talabalari guruh murabbiyi I.G’aniyev boshchiligida Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalarga muzey katta ilmiy xodimi R.Hasanov Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1975 yilda Qarshi shahrida tashkil etilganligi, muzeyda tarix, xalq amaliy sanʼati, tabiat, xotira va qadriyat boʻlimlari borligini, muzey fondida 38 mingdan ziyod numizmatika, arxeologiya, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, nodir qoʻlyozmalar, kitoblar, maishiy va etnografiyaga oid eksponatlar mavjudligi haqida ma’lumot berib, talabalar tomonida berilgan qiziqarli savollarga javob berdi.
Shuningdek, talabalar muzeyda yosh olimlar tomonidan ilmiy tekshirish ishlari ham olib borilayotganligining guvohi bo’lishdi. Voha tarixini, sanʼat asarlarini oʻzida jamlab, beminnat xizmat qilib kelayotgan Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga bugungi kunda tashrif buyuruvchilari sonining tobora ortib borayotgani tahsinga sazovor.
Muzeylar oʻtmish bilan bugunni bogʻlovchi maʼnaviyat koʻprigi hisoblanadi. Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi binosi Qarshi shahrining koʻrkiga koʻrk qoʻshish bilan birga aholi, shu jumladan, yoshlarimizni tariximizga, milliy urf-odat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
TIQXMMI Qarshi filiali Ilhom G‘aniev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati