Qabuldagi faollik

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidagi boshlang‘ich tashkilotida institut rahbariyatining taklifiga ko‘ra 2019-2020-o‘quv yiliga abituriyentlarni qabul qilish uchun ko‘maklashuvchi "Yoshlar ittifoqi faol talabalar guruhi" faoliyati 20-iyundan yo‘lga qo‘yildi. Ishchi guruhning faoliyat olib borishi uchun rahbariyat tomonidan barcha zaruriy sharoitlar yaratib berildi. Endilikda abituriyentlarni qabul jarayoni bo‘ladigan hududga yo‘naltirish, ularning huquqlarini himoya qilish, qabul jarayoniga ko‘maklashish, abituriyentlar va ularning oila a‘zolariga qulaylik yaratib berish, institutda ichki tartib-qoidalarni, tartib-intizomni saqlash kabi vazifalarni institut yoshlar ittifoqi yetakchisi boshchiligida qabul jarayoni tugaguncha bajarib borishadi. Siz abituriyentmisiz agarda institutda mana shu kabi formali yigitlarni ko‘rsangiz murojaat qiling! Albatta, hududni topishingizda, ovqatlanish shahobchalari yo‘nalishlarini hamda boshqa qulayliklarni topishda sizga ko‘maklashadilar.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov