Sharh va Faxr

O‘z sohasining bilimdonlari bilan suhbatlashsangiz shu soha borasida olam-oldam ma’lumotlar olasiz. Sportning barcha turlari birdek zarur bo‘lgani kabi millionlar o‘yini sifatida e’tirof etilgan futbol haqida to‘lqinlanib gapiradigan inson ikkita bo‘lsa, bittasi shu. O‘zbekitonda xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” Milliy mukofotining laureati, Futbol bo‘yicha Respublika toifasidagi hakam, Xalq ta’limi a’lochisi Axbor Imomxo‘jaev ana shunday nisbatga loyiq sport sharhlovchisidir.

Bu inson o‘zbek  futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi ham hisoblanadi.  Axbor Imomxo‘jaev qalamiga mansub bo‘lgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman, futbol”, “O‘zbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarni keng jamotchilik to hanuz katta qiziqish bilan o‘qib kelmoqda. Institutimizda tashkil etib kelinayotgan “Ibratli, ijodkor insonlar” ruknidagi navbatdagi uchrashuv “Futbol sharhi – ko‘ngil faxri” deb nomlangan bo‘lib, ijodiy muloqotning mehmoni  sifatida Axbor aka Imomxo‘jaev ishtirok etdilar. Qiziqarli tarzda, savol va javoblar fonida o‘tgan tadbir barchaga birdek ma’qul keldi.

“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov