Joriy yilning 25-noyabr kuni AJ ”Uzsuvta’minot” rahbari Saifnazarov Saxib Ismoilovich va texnologik-ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Ro‘ziyev Mansur Baxtiyorovich hamda TIQXMMIning “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi xodimlari bilan birgalikda TECHNOLINK tashkilotining rahbari Voxitov Zagir Refkatovich, ijrochi direktori Novak Vladimer Leonidovich, Ispaniyadagi markazi yetakchi mutaxassislari Genadiy Xvishuk, Sergey Polupanov va Sankt Peterburg markazi yetakchi mutaxassisi Dmitry Lezhnin bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqotning asosiy mavzusi O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo’lgan nasos stansiyalarini avtomatlashtirish, markazlashgan dispetcherlik markazini tashkil qilish(SCADA) borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning muxokamasi bo‘lib o‘tdi. Loyiha TIQXMMIning “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi xodimlari va TECHNOLINK tashkiloti mutaxassislari hamkorligida amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari TIQXMMIning “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi taklifiga ko‘ra, loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ob’ektlardagi kadralarni qayta tayyorlash kurslari tashkil qilinish masalasi ham ko’rib chiqildi .
TIQXMMI matbuot xizmati