YUNESKOning xalqaro savodxonlik mukofoti

YUNESKOning “Savodxonlik ta’limi: muallimlarning o‘rni va pedagogikaning o‘zgarishi” mavzusiga bag‘ishlangan Savodxonlik sohasidagi Xalqaro mukofoti e’lon qilingan bo‘lib, ushbu tanlov quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Tanlov shartlariga ko‘ra, Qirol Sejong nomidagi mukofot ikki nafar nomzodga hamda Konfutsiy nomidagi mukofot uch nafar nomzodga taqdim etiladi. Tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar maxsus medal, diplom va 20 000 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ bilan mukofotlanadilar.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://en.unesco.org/themes/literacy/prizes

Ushbu savodxonlik tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar www.unesco.org/ilp/account veb-sahifasidan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng veb-sahifadagi maxsus shakl nomzodlar tomonidan onlayn tarzda to‘ldirilishi zarur.

Anketalar joriy yilning 28 iyuniga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar tomonidan to‘ldirilgan anketalarning elektron shakli (Pdf) YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasining quyidagi elektron manziliga yuborishi kerak: unesconatcom@umail.uz