Yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bizning institutimizda ham o‘z aksini topmoqda. Hurmatli rektorimiz Umurzakov O‘ktam Pardayevich boshchiligida izchil olib borilayotgan ishlarning samarasi o‘laroq, bu yil institutimiz tarixida birinchi marta Gidravlika fanidan uch nafar talabamiz sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Pandemiya sharoitida o‘qishni onlayn tashkil etish, MOODLE tizimidan samarali foydalanish, talabalarga ZOOM dasturi orqali dars o‘tish o‘z samarasini berdi. Institutimizning ko‘p sonli professor o‘qituvchilari qatori “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor - o‘qituvchilari ham onlayn darslarda faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, UZREPORT kanali orqali Gidravlika fanidan jonli tarzda olib borilgan darslar ham o‘z samarasini berdi. Olib borilgan ishlar natijasida “Gidromelioratsiya” fakultetining talabalari Jalilov Sirojiddin bosh sovrin 1-o‘rinni, Turg‘unova Xumora va Jo‘raboev Ismoiljonlar esa faxrli 3-o‘rin sohibi bo‘ldilar. Ushbu g‘alaba bilan barcha institut jamoasini ayniqsa “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining professor-o‘qituvchilarini muborakbod etamiz!
TIQXMMI matbuot xizmati