Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta eʼtibor koʼrsatib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbus aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shoroitlar yaratishga yoʼnaltirilgan. Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, respublikamizda mavjud barcha oliy taʼlim muassasasida sport bilan shugʼullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yer resurslarini boshqarish fakulteti joriy yilning 26-noyabr kuni fakultet dekani Sh.Narbaev va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 1- urs talaba-yoshlar oʼrtasida “SPORT - TINChLIK ELChISI” shiori ostida “Dekan kubogi” sport haftaligi boshlandi. Kurslar oʼrtasida futbol musobaqasi oʼtkazildi. Ushbu musobaqada fakultetimizni iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland 1-kurs talabalari guruhlar miqyosida oʼzaro bellashishdi. Yuqori kayfiyatda boʼlib oʼtgan ushbu musobaqamizda uchinchi oʼrinni 1-kurs 2-guruhi, ikkinchi oʼrinni 1- kurs 6- guruhi, faxrli birinchi oʼrinni 1- kurs 8-guruh talabalari egallashdi. Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu musobaqa fakultetdagi sport haftaligini ochilishi desak boʼladi. Hafta davomida sportni boshqa turlari boʼyicha ham musobaqalar tashkillashtiriladi.
TIQXMMI matbuot xizmati