Gʻalabani hamma orzu qiladi. U kimgadir nasib etadi, kimgadir yoʻq. Magʻlubiyatlar erishiladigan muvaffaqiyatlarning garovi, aslida. Gʻoliblik chin isteʼdodni, tinimsiz mashqni, mashaqqatli jarayonni talab etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bagʻishlab joriy yilning 24–26 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Universal sport saroyida “K–1” yakka kurash sport turi boʻyicha Xalqaro ochiq turniri Toshkent shaharida oʻtkazildi. Ushbu sport musobaqada “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 2 – bosqich 204 – guruh talabasi Zokirov Farruh faol ishtirok etib, 80 kg vazndagi toifada Toshkent shahar miqyosida faxrli 1 – oʻrinni egalladi. F.Zokirovga kelgusi oʻqishlarida va hayot yoʻllarida katta zafarlar tilaymiz.
QXM fakulteti Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Raximov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov