O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyati to‘g‘risida

Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yurtimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, TIQXMMIda Institut xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash raisi Ismoilova Zuxra Karabaevna raxbarligida GM fakulteti xotin qizlar va talaba qizlar o‘rtasida “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R. Choriyev, O‘zDJTU O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti (PhD) Toliboyeva Nodira Odiljonovna, GM fakulteti dekani  A. Fatxullayev, fakultet xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha masul Z.F. Beknazarova, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Z.A. Abdurashidov va  institutning  barcha xotin - qizlari va jamoat faollari ishtirok etishdi.

Tadbir, institut xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash raisi Zuxra Karabaevna tomonidan ochib berildi. Fakultet dekani A. Fatxullaev fakultetda bajarilayotgan manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha so‘z yuritdilar va tadbir mexmoni O‘zDJTU O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti (PhD) Toliboeva Nodira Odiljonovna esa mavzu bo‘yicha qiziqarli fikrlarini maruza qildilar.  Tadbir so‘ngida fakultet xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha masul  Z.F. Beknazarovaning yil yakunlari hisoboti tinglandi va kelgusida bajariladigan ishlar, funksiyalarni amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.



TIQXMMI matbuot xizmati