2019 yil 3 mayda institutning yangi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasining eksperti, siyosatshunos olima prof. J. T. Shermuxamedova bilan institutning talaba qizlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Jamila Shermuxammedova hozirgi kunda xotin-qizlarning ish bilan ta’minlanganligi, ularning siyosiy faolligini oshirish, ularga yordam berish, qizlarni oilaga tayyorlash, turli xil oqimlarga kirib ketmaslik va qizlarimiz to‘g‘ri fikrlay olishi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdilar. Davra suhbati interaktiv metodi orqali olib borildi. Talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu davra suhbatidan juda ham mamnun bo‘ldilar. Shundan so‘ng talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ijobiy javob olishdi.
Institut xotin-qizlar kengashi raisi Zulfiya Hafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov