2019 yilning 02 iyul kuni Iqtisodiyot kafedrasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida SUSADICA loyixasining tayanch doktorantlari xamda mustaqil tadqiqotchilarning 6 oylik xisobotlari xamda ilmiy ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mavzular O‘rta Osiyo uchun yangi va dolzarb xisoblanib ishtrokchilarda juda ko‘p savollar, izohlar va munozaralar uyg‘otti. Doktorant studentlar xam o‘z tamonidan auditoriya uchun maslaxatlari kerak bo‘lgan masalarda savollar berishdi.
Ilmiy takliflar taqdimotlari quydagi qiziqarli va dolzarb savollarni qamrab oldi: fermerlarning sabirlik darajasi, yangi klaster va koperativlarni tashkil etish va rivojlanishtirish, yer-osti suvlari boshqaruvi, fermerlar va boshqa istemolchilar tomonidan yer-osti suvlarining ishlatilishi, fermerlarning qanchalik yangi texnologiyalarni qo‘llashda tavakkalchilik darajasi va boshqalar. Muhokamalar ingliz, rus va o‘zbek tillarida olib borildi.
SUSADICA dasturining maqsadi Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik barqarorlikni ifodalovchi yo‘nalishlari bo‘yicha 5 ta (1) fermer xo‘jaliklari restruktrizatsiyasi va mehnat munosabatlari, (2) qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar, (3) agrar siyosat, (4) atrof-muhit o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ta’siri, (5) suv resurslarini boshqarish mavzularida 10 nafar(5 nafari O‘zbekiston, 1 Germaniya, 1 Kloumbiya, 1 Turkmaniston va 2 nafar Qirg‘iston)doktorantlar ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat.
“O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 07 martdagi PF-5687-sonli “Xalqaro reyting va indekslarga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to‘g‘risidagi” Farmonida qo‘yilgan vazifalarini bajarishni ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatlardan biri sifatida Institut 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab Germaniyaning Folksvagen (Volkswagen Stiftung) fondi ko‘magida Germaniyaning Leybnis O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish (IAMO) ITI bilan hamkorlikda “SUSADISA - Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” doktorantura (PhD) maktabi ish boshladi.
Matn va foto sur’atlar: SUSADICA proekt koordinatori Muxamedova N. R.